Web sayt tuzish — mijozlaringizni raqamli dunyoda kutib oling
Biznesingizni internetga olib chiqmoqchimisiz?
MXMEDIA — bu professional web studiya, u orqali siz zamonaviy, tezkor va mobil qurilmalarga mos web saytga buyurtma berishingiz mumkin.
Biz mijozlarga:
web sayt tuzish bo‘yicha to‘liq xizmatlar,
dizayn, funksionallik va SEO yechimlarini,
sayt buyurtma qilish jarayonida maslahat va texnik ko‘makni taklif qilamiz.
Siz uchun eng muhimi — biz har bir loyihani individual yondashuv bilan yaratamiz. Saytga buyurtma berish orqali siz o‘z brendingizni kuchaytirasiz, onlayn mijozlarni jalb qilasiz va biznesingizni yangi bosqichga olib chiqasiz.
Biznesingizga mos web sayt yechimini tanlang
Quyidagi narxlar — boshlang'ich diapazon. Aniq summa loyihangiz hajmiga qarab hisoblanadi va shartnomada qat'iy belgilanadi.
Yangi mahsulot, xizmat yoki reklama kampaniyasi uchun bir sahifali sotuvchi sayt
Siz nima olasiz:
- Reklama traffic'ini mijozga aylantiruvchi sahifa
- Telefon, planshet va kompyuterga to'liq moslashuv
- Kontakt formasi — arizalar to'g'ridan-to'g'ri sizga keladi
- Telegram, WhatsApp va boshqa messenjerlar ulanishi
- Google'da topilish uchun bazaviy SEO sozlamalari
Kompaniyangiz haqida to'liq ma'lumot, xizmatlar va portfolio bilan jiddiy ko'p sahifali sayt
Siz nima olasiz:
- 5–15 sahifa: bosh sahifa, xizmatlar, portfolio, blog, aloqa
- Brendingizga mos individual dizayn — shablon emas
- WordPress boshqaruv paneli — saytni o'zingiz yangilaysiz
- Blog va yangiliklar bo'limi — Google'da ko'rinish uchun
- Ko'p tilli versiya imkoniyati (o'zbek, rus, ingliz)
- Kuchaytirilgan SEO va sahifa tezligi optimizatsiyasi
Onlayn savdo uchun to'liq tizim — katalog, savat, to'lov va yetkazib berish bilan
Siz nima olasiz:
- Mahsulotlar katalogi, filtrlar va qidiruv tizimi
- Click va Payme to'lov tizimlari — onlayn to'lov qabul qilish
- 1C, MoySklad bilan sklad sinxronlash imkoniyati
- Buyurtmalar Telegram'ga avtomatik bildirishi
- Yetkazib berish hisob-kitobi (hudud bo'yicha)
- Mijozlar shaxsiy kabineti va buyurtma tarixi
Narx nimaga bog'liq?
Saytning yakuniy narxi sahifalar soni, dizayn murakkabligi, kerakli funksiyalar (to'lov, integratsiya, ko'p tillilik) va kontent hajmiga bog'liq. Shuning uchun biz "bir narx" e'lon qilmaymiz — har bir loyihani alohida hisoblaymiz. Bepul konsultatsiyada biznesingizni o'rganib, 24 soat ichida aniq summa va muddatni aytamiz. Barcha tariflarga mobil versiya, bazaviy SEO va texnik qo'llab-quvvatlash kiradi.
muvaffaqiyatli loyihalar
har bir sayt mijoz ehtiyojiga mos ishlab chiqilgan.
Professional jamoa
har bir sayt ustida dizayner, dasturchi va marketing mutaxassisi birgalikda ishlaydi.
gacha xarajatlar optimallashtirilgan
dan ortiq daromad o‘sishi
Sayt tuzuvchilar bilan quyidagi muammolarga duch kelganmisiz?
Ishni cho‘zib, va’dalarini bajarishmayaptimi?
Sayt ishga tushgandan so'ng qo'llab quvvatlash yo'qmi?
Biznes maqsadlaringizni tushunishmayaptimi?
Narxlarni asossiz oshirib, natijani berishmayaptimi?
Murakkab va tushunarsiz yechimlarni berishmoqdami?
So‘nggi tendensiyalar va texnologiyalar yo'qmi?

MXMEDIA jamoamiz saytingizni tuzishda, uni o‘z loyihamizdek e’tibor va mas’uliyat bilan amalga oshiradi.
Portfolio: Har bir loyiha — natijaga yo‘naltirilgan yondashuv
Biznesingizni rivojlantirishni hohlaysizmi?
Nega bizning xizmatlar samarali?
– Texnik topshiriqsiz ham tushunarli loyiha jarayoni
– Saytga kiritilgan har bir element — sababli
– Biz bilan ishlagan mijozlar 2-proekt uchun yana qaytadi
– Ish yakunida sizda to‘liq mustaqil boshqaruv bo‘ladi
Toshkentda web sayt yaratish — biznesingiz uchun nima beradi?
Bugungi kunda web sayt — bu shunchaki "internetdagi sahifa" emas. Bu sizning biznesingizning 24 soat ishlaydigan sotuvchisi, mijoz bilan birinchi uchrashuv nuqtasi va brendingizning raqamli yuzi. O'zbekistonda iste'molchilarning aksariyati biror xizmat yoki mahsulot izlaganda avval internetga murojaat qiladi. Agar sizning biznesingiz Google va Yandex'da topilmasa — potentsial mijoz raqobatchingizga ketadi.
Ko'p tadbirkorlar "menda Instagram bor, sayt nimaga kerak?" deb o'ylaydi. Lekin ijtimoiy tarmoq va professional sayt — bu ikki xil vosita. Instagram'da siz platformaning qoidalariga bo'ysunasiz, akkaunt istalgan vaqtda bloklanishi mumkin, va jiddiy mijoz uchun ishonch darajasi past. Web sayt esa — bu to'liq sizning egaligingizdagi aktiv, uni hech kim sizdan tortib ololmaydi.
Professional web sayt yaratish biznesingizga doimiy mijoz oqimini (Google va Yandex qidiruvidan), brendga ishonchni, 24/7 ishlaydigan sotuv kanalini va mijozlar bilan ishlashni avtomatlashtirishni beradi. MXMEDIA — 2016-yildan beri Toshkentda faoliyat yuritayotgan web-studiya. 9 yildan ortiq tajriba va 300 dan ortiq amalga oshirilgan loyiha bizga aynan natija beradigan sayt yaratish imkonini beradi. Saytning narxi haqida batafsil "Toshkentda sayt yaratish narxi 2026" maqolamizda yozganmiz.
Sayt yaratish jarayoni — 7 bosqich
Biz ishni shaffof olib boramiz. Texnik topshiriq tuza olmasangiz ham — jarayon tushunarli bo'ladi. Siz har bosqichda natijani ko'rasiz va o'zgartirishlar kirita olasiz:
Biznes tahlili va brif
Sizning biznesingiz, mijozlaringiz va raqobatchilaringizni o'rganamiz. Saytning maqsadini va u hal qilishi kerak bo'lgan vazifalarni aniqlaymiz.
1-2 kunTuzilma va prototip
Sahifalar tuzilmasi, bloklar joylashuvi va foydalanuvchi yo'lini loyihalaymiz. Bu — saytning "skeleti".
1-2 kunIndividual dizayn
Brendingizga mos dizayn-maket yaratamiz. Biz tayyor shablon ishlatmaymiz — har bir sayt sizning biznesingiz uchun maxsus chiziladi.
3-5 kunKontent tayyorlash
Sotuvchi matnlar, sarlavhalar va SEO-tekstlarni tayyorlaymiz yoki sizning materialingizni professional joylashtiramiz.
2-4 kunDasturlash
Dizaynni ishlaydigan saytga aylantiramiz — formalar, to'lov integratsiyalari, kerakli funksionallik va boshqaruv paneli.
4-10 kunTest va mobil moslashtirish
Saytni turli qurilma va brauzerlarda sinab ko'ramiz. Telefon, planshet va kompyuterda barcha xatolarni tuzatamiz.
2-3 kunIshga tushirish va o'rgatish
Saytni ishga tushiramiz, Google Search Console va Yandex Webmaster'ga ulaymiz. Sizni saytni mustaqil boshqarishga o'rgatamiz.
1-2 kunTez-tez beriladigan savollar
Web sayt yaratish qancha vaqt oladi?
Web sayt qancha turadi?
Saytga Click va Payme to'lovlarini ulash mumkinmi?
Sayt mobil telefonlarda yaxshi ko'rinadimi?
Saytni o'zim boshqara olamanmi?
Sayt topshirilgandan keyin qo'llab-quvvatlash bormi?
Sayt Google'da topilishi uchun nima qilasiz?
Domen va hosting kerakmi? Buni siz ta'minlaysizmi?
Eski saytimni yangilash (redizayn) mumkinmi?
Biznesingiz uchun web sayt kerakmi?
Bepul konsultatsiya oling — 24 soat ichida individual narx va muddat tayyorlaymiz.
+998 99 819-21-11 — Qo'ng'iroq qilish